<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Ey solihlar Q127</title>
<lyrics>[V1]
 // Ey solihlar Xudovandni kuylangiz,
 Dili toʻgʻrilarga hamdu sano yarashar. //
 // Gʻijjak chalib Xudovandga shukr qiling,
 Oʻn torli chang bilan Uni tarannum eting.
 Unga yangi bir qoʻshiq kuylang,
 Goʻzal ohang chalib xitob qiling. //

[C1]
   // Ey solihlar Xudovandni kuylangiz,
   Dili toʻgʻrilarga hamdu sano yarashar. //

[V2]
 // Xudovand osmondan boqar,
 Barcha inson oʻgʻillarin koʻrib turar.
 Taxti makonidan kuzatib turib,
 Butun jahonni tekshirib koʻrar. //

[V3]
 // Jonimiz Xudovandga muntazir,
 Yordamchimiz,qalqonimiz Oʻzi Xudovand.
 Qalbimiz U bilan shod-hurram boʻlur,
 Uning muqaddas nomi tayanchimizdir. //</lyrics>
<hymn_number>127</hymn_number>
</song>